Sayyoramizning oltinchi raqamli tennis malikasi Paula Badosa chorak final uchrashuvini yakuniga etkaza olmadi. Uning WTA reytingida 21-o’rinni egallab turgan Jessika Pegulaga qarshi o’tkazgan bahsi beshinchi geymdan so’ng to’xtatildi.
Raqibasiga 1/4 hisobida imkoniyatni boy berayotgan Badosa uchrashuvni davom ettira olmasligini malum qildi. Tennischilar kortda bor yo’g’i 20 daqiqa harakat qilishgan. Jessika osonlik bilan yarim finalchiga aylandi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi.