ATR reytingida to’rtinchi o’rinni egallab turgan germaniyalik Aleksandr Zverev «Masters» turnirining chorak finalida jahonning sakkizinchi raketkasi, norvegiyalik Kasper Ruudga 3/6, 6/1, 3/6 hisobida mag’lub bo’ldi va musobaqa bilan shu erda xayrlashdi.
Uchrashuv 1 soatu 39 daqiqa davom etdi. Ushbu vaqt davomida Zverev 10 ta eys zarbasini amalga oshirdi, ikkita breyk qayd etib, bir marotaba qo’shxatoga yo’l qo’ydi. Ruud esa oltita eys qayd etib, ikkita breykdan unumli foydalandi, to’pni o’yinga kiritishda xatoga yo’l qo’ymadi. Sportchilar o’rtasidagi qarama-qarshilikda Aleksandr oldinda – 2:1.
Ruudning Miami Open turniri yarim finaldagi raqibi argentinalik Francisko CHerundolo bo’ladi.