«Shaxtyor» himoyachisi Vinisius Tobias «Real»ga ijara asosida o‘tadi, deb xabar beradi AS. «Qaymoqranglilar» futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» 18 yoshli braziliyalikning ijarasi uchun 2 million yevro to‘laydi. «Qaymoqranglilar» futbolchini 18 millionga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tobias shu yilning yanvar oyida «Internasional»dan «Shaxtyor»ga o‘tgan va Donesk klubi safida birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazishga ulgurmagandi. Futbolchi doneskliklarga 6 million yevroga tushdi.