O’zbek futboli ham bundan mustasno emas. Yuriy Sarkisyan, Mirjalol Qosimov, Ro’ziqul Berdiev va hokazo. Kim esdan chiqdi? Samvel Babayan albatta.
Babayan bilan bir qatorda odatda "Paxtakor" nomi birga tilga olinadi. Darhaqiqat 15 yilga yaqin vaqt mobaynida shu klubda faoliyat olib borgan mutaxassis uchun "Paxtakor" ikkinchi uyiga aylangandi. Bugun u uyga qaytmoqda. Arenaning har bir qarichi, maysasi, o’rindiqlari begona emas. Hattoki moliyaviy qiyinchiliklar davrida ham klubni barqaror ushlab tura olgani, ko’plab iqtidorlarni etkazib bergani, bir so’z bilan aytganda aniq tizmni yo’lga qo’yganini bilsangiz kerak. Ko’p hollarda biror kasb egasi, nafaqat murabbiy, boshqa soha vakillari uzoq faoliyat olib borgan joyga qaytganda o’zgacha hissiyotlar uni o’rab oladi. Ruhida g’alatilik seziladi. Babayanda ham bugun shunday bo’lsa ajabmas.
Samvel Babayan ilk bor 2019 yil "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi sifatida "Paxtakor"ga qarshi maydonga chiqdi.
07.07.2019. O’zbekiston Liga kubogi.
"Paxtakor" – "Lokomotiv" 2:1
Ikkinchi qaytish oradan bir yarim yil o’tgach yuz berdi. Endilikda "Navbahor" maslahatchi murabbiyi sifatida. Bu safargi urinish ham g’alabasiz yakunlandi.
15.09.2021. O’zbekiston Superligasi, 18-tur
"Paxtakor" – "Navbahor" 0:0
Bugun Samvel Vyacheslavovich uchinchi bor qadrdon stadioniga qadam ranjida qiladi. Endilikda u "Navbahor" bosh murabbiyi. Ko’ramiz nima bo’lar ekan? Xalqimizda uchinchisi halol degan ibora edi-ya.