Tennis

18 yoshli Karlos Alkaraz amaldagi chempionni mag’lub etib, finalga chiqdi + FOTO

284

Jahonning 16-raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkaraz turnirning yarim finalida ATR reytingida o’ninchi o’rinni egallab turgan polshalik Xubert Gurkachga qarshi kortga chiqdi. Murosasiz o’tgan bahsda Alkaraz turnirning amaldagi chempionini 7/6, 7/6 hisobida mag’lub etdi va musobaqa finaliga yo’l oldi. 

2 soatu 5 daqiqa davom etgan uchrashuvda 18 yoshli Alkaraz uchta, 25 yoshli Gurkach esa o’n uchta eys zarbasini amalga oshirdi. Sportchilar biror marta breyk qayd etishmadi va to’pni o’yinga kiritishda ham xatoga yo’l qo’yishmadi. Bu tennischilarning o’zoro birinchi rasmiy uchrashuvi edi. 

Alkaraz Miami Open finalida norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi bahs olib boradi.

18 yoshli Karlos Alkaraz amaldagi chempionni mag'lub etib, finalga chiqdi + FOTO 18 yoshli Karlos Alkaraz amaldagi chempionni mag'lub etib, finalga chiqdi + FOTO 18 yoshli Karlos Alkaraz amaldagi chempionni mag'lub etib, finalga chiqdi + FOTO 18 yoshli Karlos Alkaraz amaldagi chempionni mag'lub etib, finalga chiqdi + FOTO

Fikr bildirish