Hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 16-pog’onadan joy olib turgan ispaniyalik 18 yoshli Karlos Alkaraz dunyoning 8-raketkasi, norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi kortga chiqdi.
Bir yuz o’n daqiqa davom etgan bahsda Karlos raqibini 7/5, 6/4 hisobida mag’lub etib, Mayami “Masters” bosh sovrinini qo’lga kiritdi. Uchrashuv davomida Alkaraz 6 ta, Ruud esa 5 ta eys zarbasini ijro etdi.
Tennischilarning o’zaro o’tkazgan ikkinchi uchrashuvida ham ispaniyalik iqtidor egasi g’alabaga erishdi. Alkaraz ikki haftalik mehnati evaziga 1000 reyting ochkosi hamda 1,231,245 dollar mukofot puliga ega chiqdi.