1 aprel, juma kuni Dohada (Qatar) JCH-2022 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
32 ta jamoa 4 nafar ishtirokchidan iborat sakkiz guruhga bo‘linishdi. Hozirdanoq jamoalar bo‘lajak jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishlari, raqibi o‘yinlarini o‘rganishi va mazkur uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.
Qur’a bizga «o‘lim guruhlari»ni taqdim etmadi. Ammo pley-off yo‘llanmasi uchun kurash qiziqarli bo‘lishini aniq va bunga qo‘shimcha ravishda jahon chempionati guruh bosqichida tomosha qilish kerak bo‘lgan dahshatli o‘yinlar bor. Shu sabab hozir biz JCH-2022 guruh bosqichi top-5 o‘yinlari haqida ma’lumot berishga qaror qildik.
Portugaliya – Urugvay
Portugaliya va Urugvay terma jamoalari qaysi biri yaxshiroq ekanini guruh bosqichidayoq aniqlashlari kerak. Ularning so‘nggi jahon chempionatining 1/8 final bosqichida to‘qnash kelgan edi.
O‘shanda o‘yin his-tuyg‘ularga boy va keskin kurashlar ostida bo‘lgan. Yettinchi daqiqadayoq Kavani Portugaliya darvozasiga boshi bilan zarba berib, Amerika qit’asi vakillarini hisobda oldinga olib chiqqan. Ikkinchi bo‘lim boshida Pepening aniq zarbasidan keyin Portugaliya hisobni tenglashtirdi.
Biroq portugaliyaliklarning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Kavani burchakdan oshirib berilgan to‘pdan gol urib, dubl qayd etdi. Bu gol turnirning eng yorqin voqealaridan joy oldi. Uchrashuv oxirigacha hisob boshqa o‘zgarmadi, ammo Ronaldu jarohat olgan Kavaniga maydondan tashqarida yordam berganida samimiy lahzalar bo‘lgan edi.
Bo‘lajak jahon chempionatida tomoshabinlar jamoalar o‘rtasidagi bu qarama-qarshilikni takrorlanishidan xursand bo‘lishi tayin.
Ispaniya – Germaniya
Ispaniya va Germaniya terma jamoalari Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati guruh bosqichining asosiy o‘yini hisoblanadi. Bu jamoalar turnirdagi g‘alabaga asosiy da’vogarlar qatoridan joy olgan va ularning guruh bosqichidagi qarama-qarshiligini ko‘rish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.
Germaniya terma jamoasi 2020 yilda Ispaniyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi. Millatlar ligasining so‘nggi turi doirasidagi Luis Enrike shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz oltita gol urib, mag‘lub etishgan edi.
Albatta, so‘nggi uchrashuv alohida ahamiyatga ega bo‘lmaydi, ammo nemislar buning uchun qasos olishni xohlashadi, ispanlar esa o‘z muvaffaqiyatlarini takrorlashga harakat qilishadi.
Fransiya – Daniya
O‘z guruhidan chiqish uchun Daniya va Fransiya asosiy da’vogarlar ekanligi ko‘rinib turibdi, biroq o‘zaro uchrashuv fantastik bo‘lishiga hech qanday shubha yo‘q.
So‘nggi jahon chempionatida ham jamoalar guruh bosqichida to‘qnash kelishgan. Kutganilganidan farqli o‘laroq, o‘yin juda zerikarli o‘tdi va jamoalar nursiz durangga imzo chekishgan – 0:0. Bu o‘sha jahon chempionatidagi yagona golsiz durang o‘yini edi.
Etiborlisi, JCH-2022 oldidan terma jamoalar Millatlar ligasida o‘zaro yana ikkita o‘yin o‘tkazishadi.
Argentina – Polsha
«C» guruhida pley-off uchun kurashadigan yetarlicha jamoalar bor: Argentina, Polsha, Meksika va Saudiya Arabistoni. Ochig‘i, birinchi va ikkinchi jamoalar 1/8 finalga chiqish uchun asosiy da’vogarlar va eng qiziqarli qarama-qarshilik ham Argentina va Polsha uchrashuvidir.
Jamoalarining asosiy yulduzlari – Lionel Messi va Robert Levandovski ayni damda kim eng zo‘r ekanligini aniqlash imkoniga ega bo‘lishdi.
Albatta, terma jamoalarning saviyasi har xil, ammo asosiy duel Messi va Levandovskiga qaratiladi.
Shveysariya – Serbiya
O‘tgan jahon chempionatining asosiy siyosiy mojarolaridan biri Shveysariya va Serbiya o‘rtasidagi o‘yinda yuz berdi. Ushbu bahsga alohida e’tibor start hushtagi chalinishidan ancha oldin aniqlangan, ammo maydonda bu butunlay boshqacha bo‘ldi.
Serblar o‘yin boshidayoq Mitrovichning goli evaziga oldinga chiqib olishdi, biroq ijobiy natijani saqlab qola olishmadi. Ikkinchi bo‘limda Shveysariya o‘yinni o‘zgartirdi va uchrashuvda g‘alaba qozondi. Jaka va Shakiri terma jamoalarning asosiy qahramonlariga aylanishdi.
Futbolchilar g‘alabani nishonlash paytida qo‘llari bilan Albaniyaga tegishli «burgut qanotlari» ishorasini ko‘rsatishdi. Sababi Jaka asli albaniyalik, ammo Shveysariya terma jamoasida o‘ynaydi.
Serbiya va Albaniya o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, Kosovoning maqomi va dunyoda unga bo‘lgan munosabat juda tarang. Serbiyalik muxlislar Jaka va Shakirini tinimsiz haqoratlab, ularga turli xil narsalarni uloqtirishdi.
Natijada FIFA futbolchilarni to‘qqiz ming yevro jarimaga tortdi, Stefan Lixtshtayner ham jazosiga tortildi. Sababi u ham «qush» ishorasini ko‘rsatgan edi.
Shunday qilib, guruh bosqichidagi terma jamoalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik nafaqat futbol maydonidagi drama tufayli, balki undan ham oshib ketadigan narsa borligi sababli qiziqarli bo‘lishini va’da qilmoqda.