Futbol

«Barselona» boshqaruvini qo‘lga olgan Xavi har bir futbolchiga bergan dastlabki ikkita savoli ma’lum bo‘ldi

144

Xavi o‘tgan yilning noyabr oyida «Barselona»ni qabul qilib olgan va ispaniyalik mutaxassis kelganidan keyin jamoaning o‘yinlarida o‘zgarish ro‘y berdi.

Mavsum boshidagi muvaffaqiyatsizliklarni hech kim eslamay qo‘ydi, hozir «Barselona» qatorasiga o‘n to‘rtta uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmayapti.

Diario Sport nashri Xavi o‘z futbolchilarini qanday motivasiya qila olgani haqida xabar tarqatdi. Manbaga ko‘ra, Xavi avvaliga ularning har biriga ikkitadan savol bergan. Birinchisi, ular jamoada o‘ynashga tayyormi yoki yo‘q. Ikkinchi savol esa «92-daqiqada zaxiradan maydonga tushishga tayyormisiz» – bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, bu savollar Xavida intizom va fidoyilik muhimligini ko‘rsatadi.

Fikr bildirish