Etakchilik uchun kurash: A Seriya 32-tur prevyusi
Teglar :
Prevyu ItaliyaSergey Rumyancev A SeriyaItaliya A Seriyasi
Bugun Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.
"Inter" – "Verona"
Sariq kartochkalari soni tufayli Lautaro Martines uchrashuvni o’tkazib yuborishi aniq. Biroq Stefan De Vrey to’liq tiklanib ulgurdi, shunday ekan, doimiy uchlikni ko’rishimiz mumkin. Katta ehtimol Lautaroning o’rniga hujumda Aleksis Sanches harakatlanadi. Hozirda jamoada boshqa o’zgarishlar yo’q. Barakning jarohat olishi "Verona" uchun yoqimli holat emas, albatta. SHuningdek, Migel Velozu ham maydonga tushishi so’roq ostida turibdi. Hujumda Kaprari-Simeone juftligini ko’ramiz.
Birinchi davra uchrashuvlarida "Inter" raqibini 3:1 hisobida mag’lub etgandi. Bu gal ham favorit hisoblanmoqda. "Neradzurri" titul uchun kurashmoqda. SHu sababli, ochko yo’qotmaslikka bor kuchi bilan harakat qiladi. Lekin "Verona" ham shunchaki qarab turmaydi.
Inter Nicolo Barella – 22′, Edin Dzeko – 30′ |
Serie A . 32-tur 09/04/2022, 21:00 0 2 Tugadi |
Hellas Verona
|
Stadion: Giuseppe Meazza
Bosh hakam: Livio Marinelli
45′
90′
22′ Nicolo Barella22′ Ivan Perisic30′ Edin Dzeko30′ Ivan Perisic46′ Stefan de Vrij (Danilo D'Ambrosio)59′ Joaquin Correa (Robin Gosens)65′ Nicolo Barella (Arturo Vidal)65′ Federico Dimarco (Alessandro Bastoni)83′ Hakan Calhanoglu (Roberto Gagliardini)84′ Denzel Dumfries90′ Marcelo Brozovic61′ Daniel Bessa (Kevin Lasagna)61′ Marco Davide Faraoni (Fabio Depaoli)82′ Darko Lazovic (Matteo Cancellieri)82′ Federico Ceccherini (Bosko Sutalo)
Match-senterda ochish
"Kalyari" – "Yuventus"
Valter Madzarrining tarkib bilan bog’liq bir qancha muammolari bor. Bosh murabbiy Nandes va Strotmandan tashqari, Marin va Pavolettiga ham ishonch bildira olmaydi. Hujumda Joao Pedro va Balde Keyta harakatlanadi. O’tgan tur "Inter"dan qabul qilib olingan mag’lubiyat "keksa sinora"ga yaxshigina zarba bo’ldi. Bu ham etmagandek, "Yuventus"ni qator jarohatlar qamrab olgan. Jumladan, o’tgan bahsda De SHilo va Lokatelli shikastlangandi. SHu sababli, markazda Rabo-Zakariya o’ynaydi. Hujumda esa katta ehtimol bilan Vlaxovich va Dibala yordamidan foydalaniladi.
Birinchi davra bahslarida "Yuventus" uyda hech bir qiyinchiliksiz 2:0 hisobida zafar quchgandi. Endi esa safarda o’ynashiga qaramay, "Yuve" favorit hisoblanmoqda. Ha, o’tgan tur muvaffaqiyatsizlikka uchradi, biroq "byankoreri" baribir CHempionlar Ligasiga loyiq ekanini isbotlab qo’yishi lozim.
Cagliari Joao Pedro – 10′ |
Serie A . 32-tur 09/04/2022, 23:45 2 1 Tugadi |
Juventus Matthijs de Ligt – 45′, Dusan Vlahovic – 75′ |
Stadion: Unipol Domus
Bosh hakam: Daniele Chiffi
45′
90′
10′ Joao Pedro10′ Razvan Marin53′ Charalambos Lykogiannis58′ Dalbert (Marko Rog)67′ Leonardo Pavoletti (Gaston Pereiro)79′ Charalambos Lykogiannis (Adam Obert)79′ Alessandro Deiola (Keita Balde)45′ Matthijs de Ligt45′ Juan Cuadrado68′ Adrien Rabiot (Federico Bernardeschi)75′ Dusan Vlahovic81′ Paulo Dybala (Moise Kean)86′ Juan Cuadrado (Leonardo Bonucci)
Match-senterda ochish
"Napoli" – "Fiorentina"
"Partenopeyclar" uchun quvonarli yangilik Osimxen safga qaytgani bo’ldi. Ammo Di Lorenco va Petanya yana jamoasiga yordam berolmaydi. SHuningdek, Fabian Ruis va Adam Unas ham maydonga tushishi so’roq ostida turibdi, ammo o’ynash ehtimolligi ham yo’q emas. Pentek yaxshi formada emas, shu sababli, "fialkalar" Kabral yordamidan foydalanishadi. Odriosola hali jarohatidan forig’ bo’lmadi, shuning uchun, o’ngda Venutti o’ynaydi. "Fiorentina"da boshqa muammolar yo’q.
Birinchi davra o’yinlarida "Napoli" mehmonda 2:1 hisobida g’olib bo’lgan, bu gal ham favorit sanalmoqda. "Fiorentina"ning ahvoli yaxshi, lekin hech bo’lmaganda, durang uchun davogarlik qilishi ham ancha qiyin kechsa kerak.
SSC Napoli
|
Serie A . 32-tur 10/04/2022, 18:00 – – Boshlanmadi |
Fiorentina
|
Stadion: Diego Armando Maradona
Bosh hakam: Maurizio Mariani
"Sassuolo" – "Atalanta"
Berrardi maydonga tushishi so’roq ostida turibdi. SHuningdek, katta ehtimol bilan Jurichich va Romanya o’ynamaydi. Ammo Raspadori va Skamakka yaxshi forma bilan safga qaytishgan. "Atalanta"da ham qator muammolar bor. Jimsiti va Toloyning jarohati tufayli Skalvini himoya markazida o’ynaydi. Biroq oldinda Boga va Muriel bilan harakatlanadigan Ruslan Malinovskiy safga qaytish arafasida turibdi. Ammo o’tgan bahsdan keyin Miranchuk ham o’ynashi mumkin.
1-davra uchrashuvida "Atalanta" uyda g’alaba qozongan (2:1). Mehmonda o’ynashiga qaramay, bergamoliklar bu safar ham favorit hisoblanishmoqda. Umuman olganda, Evropa Ligasidagi qiyin kechgan bahsga qaramay, Bergamo klubi muvaffaqiyatga erishishda imkoniyati yuqoriroq.
Sassuolo
|
Serie A . 32-tur 10/04/2022, 18:00 – – Boshlanmadi |
Atalanta
|
Stadion: Stadio Mapei – Citta del Tricolore
Bosh hakam: Juan Luca Sacchi
"Torino" – "Milan"
"Torino"ning tarkib bilan bog’liq muammolari bor. Jumladan, Sanarabiya o’yinni o’tkazib yuboradi. Hujumda Belotti-Brekalo juftligini ko’ramiz. SHuningdek, Prat va Fares o’ynamaydi, Edera esa maydonga tushishi so’roq ostida turibdi. "Milan" safida Florenci jarohat olgan, qolgan futbolchilarning barchasi jamoasiga yordam berishga tayyor turibdi. Katta ehtimol bilan Leaoning yonida Zlatan Ibragimovich harakatlanadi.
Oxirgi o’zaro bahsda zerikarli o’yin bo’lganiga qaramay, "Milan" 1:0 hisobida g’alaba qozongan. Bu gal ham "rossoneri" favorit. "Torino" uyda o’ynashiga qaramay, unga oson bo’lmasligi aniq.
Torino
|
Serie A . 32-tur 10/04/2022, 23:45 – – Boshlanmadi |
AC Milan
|
Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino
Bosh hakam: Daniele Doveri
Sergey Rumyancev