Futbol

Ronaldu telefonini sindirgan bola autizm xastaligiga chalingan bo‘lib chiqdi (foto)

286

Kecha, 9 aprel kuni Angliya chempionati 31-turi doirasida “Everton” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Gudison Park”da kechgan bahsda maydon egalari minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yindan so‘ng “qizil iblislar” yetakchisi Krishtianu Ronaldu ishtirokidagi voqea ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. U futbolchilarni suratga olayotgan muxlisning telefonini sindirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolakay 14 yoshli Jeyk Xarding bo‘lib, stadionga onasi Sara Kelli bilan kelgan. Onaning aytishicha, o‘g‘lida autizm va dispraksiya xastaligi bor.

“Manchester Yunayted” futbolchilari o‘yindan so‘ng maydonni tark etishayotgan edi. Biz tunnel yonida o‘tirgandik, o‘g‘lim ularni suratga olayotgan edi. Ronaldu esa uning yonidan o‘tib ketayotib, o‘g‘limning qo‘lidan telefonni olib qo‘ydi va sindirdi. Jeykning qo‘li qanchalik ko‘karganiga qarang.

Ronaldu telefonini sindirgan bola autizm xastaligiga chalingan bo‘lib chiqdi (foto)

Men yig‘lab yubordim. Jeykob esa shokda edi – u autizm va dispraksiyaga ega. U uyga yetib borgandagina nima bo‘lganini to‘liq tushundi. O‘g‘lim juda xafa edi va endi uni futbolga jalb qilish men uchun qiyin bo‘ladi.

Nima sodir bo‘lishidan qat’i nazar, biz ajoyib kunni o‘tkazdik. Hodisa bizning kayfiyatimizni buzdi, xotiramizda yomon iz qoldirdi. Garchi Ronaldu “Everton”da o‘ynamasa ham, Jeykning kumiri.

Ronaldu telefonini sindirgan bola autizm xastaligiga chalingan bo‘lib chiqdi (foto)

Agar Jeykob telefonni uning yuziga tekkizganida ham men tushungan bo‘lardim, lekin u bunday qilmadi. Ronaldu oyog‘iga qaradi. Bu shunchaki autizmli bola edi, unga futbolchi hujum qildi. Bu mening ona sifatidagi qarashim”, – deydi bolaning onasi Sara Kelli.

Krishtianu ushbu voqealardan keyin, Instagram sahifasida post qoldirdi va Jeykdan uzr so‘rab, uni “Old Trafford”ga taklif qildi.

Fikr bildirish