Juma kuni «ishxonadan barga yuguradigan» futbolchilarni ham uchratamiz.
2021 yil oktabr oyida 50 million funt evaziga «Arsenal»ga o‘tgan himoyachisi Ben Uayt futbol tomosha qilishni yoqtirmasligini va Patrik Viyeyraning o‘yinini hech qachon ko‘rmaganligini tan oldi. Shu sabab bugun dunyoning eng mashhur o‘yinlarini tomosha qilishni istamaydigan boshqa futbolchilarni eslashga qaror qildik.
Garet Beyl
Agar Beyl bor kuchi bilan futbol o‘ynayotganini ko‘rsangiz, bilingki, Garet Uels terma jamoasi safida to‘p tepmoqda. Biz hammamiz bilamizki, «Real» forvardi golf o‘ynashni yaxshi ko‘radi, ammo hujumchi bir vaqtlar unga nafaqat o‘ynashni, balki tomosha qilishni ham yoqtirishini aytdi. Ko‘pchilik golfni o‘ta zerikarli o‘ynin deb o‘ylashlari mumkin, ammo uelslik futbolchi unday deb o‘ylamaydi.
Karlos Teves
Teves «Boka Xuniors»ni, «Boka Xuniors» esa Karlos Tevesni yaxshi ko‘radi, ammo argentinalikning futbolga bo‘lgan qiziqishi shu yerda tugaydi. Endi uning nima uchun «Manchester Yunayted»dan «Manchester Siti»ga o‘tgani aniq bo‘ldi.
«Men futbolni yoqtirmayman. Agar «Barselona» «Real»ga qarshi o‘ynasa va boshqa kanal golf turniri ko‘rsatsa, men golfni tanlayman», – deydi Karlos Teves.
Mark-Andre ter Shtegen
Futbol nemis darvozaboniga yiliga millionlab yevro olib keladi, lekin u Ispaniya chempionatida to‘p tepadiga futbolchilarni ham tanimaydi.
«Futbol haqida hech narsa bilmayman, desam, odamlar kulishadi. Ba’zida mendan qaysidir futbolchi haqida so‘rashadi, lekin u kimligini bilmayman.
Biroq, men La Liga o‘yinchilarini ko‘rsam tanishim mumkin, lekin ularning ismlarini bilmayman, – deydi «Barselona» posboni.
Gabriel Batistuta
«Fiorentina» va Argentina terma jamoasi afsonasi ko‘plab muxlislar qarshisida uning nomini kuylash shunchaki ish ekanligini yashirmagan. Futbolchi sevimli mashg‘uloti nima? Polo.
Biroq, buyuk hujumchini tushunish mumkin, futbol tufayli u to‘pig‘i operasiya qildirgan…
«Har safar Argentinaga ta’tilga qaytganimda, do‘stlarim meni polo o‘ynashga taklif qilishardi. Men qiziqdim, sinab ko‘rdim va oxir-oqibat bu sport menga yoqdi. Polo sevimli mashg‘ulotim va men doimo o‘z darajamni oshirishga harakat qilaman», – deydi Gabriel.
Karlos Vela
Meksikalik futbolchining futbolni yoqtirmasligi Yevropani erta tark etgani uchungina emas. Los-Anjelesdagi hayot London yoki San-Sebastyanga qaraganda ancha qiziqroq. Rostini aytsak, Vela Amerika shahri ko‘chalarida Yevropaga qaraganda kamroq tanilgan.
«Yaxshi film va yaxshi futbol o‘yini o‘rtasida men kinoni afzal ko‘raman. Men hech qachon qaysidir futbol klubini qo‘llab-quvvatlamaganman.
Uchrashuv tugashi bilan men uchun bu o‘yin bilan bog‘liq hamma narsa tugaydi. Bo‘sh vaqtimda menga futbol haqida gapirib ovvora bo‘lmang!», – deydi Karlos.
Shunday ekan, agar siz ko‘chada futbolchini uchratib qolsangiz, u bizning sevimli o‘yinimiz haqida gapirishni yoqtirmasligini yodda tuting.