Futbol

«Barselona»ning navbatdagi «bomba» transferiga tayyormisiz?

366

«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Joau Feliksga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Sport.

Oldinroq Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta Feliksning o‘yinlariga qoyil qolishini aytgandi.

Manbaga ko‘ra, agar «Atletiko» kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, «Barsa» portugaliyalikni transfer bozoridagi asosiy nishoniga aylantiradi.

Qayd etilishicha, futbolchining agenti Xorxe Mendesh ham Chempionlar ligasini o‘tkazib yuborgan taqdirda klubdan ushbu transferni talab qiladi.

Biroq moliyaviy masala ochiqligicha qolmoqda, chunki «Atletiko» 126 million yevroga sotib olgan futbolchisini arzonroqqa sotish niyatida emas.

Fikr bildirish