Tennis

Jokovich Fokinaga uchralgan mag’lubiyatga izoh berdi

156

“Alexandroni tabriklayman. U bugun ritmni ushlashda kuchliroq bo’ldi. U ikki setda g’alaba qozonishi mumkin edi, ammo men kurashni to’xtatmadim va o’yinni uchinchi setga qadar olib bordim. Biroq o’sha erda yiqildim. Men bugun odatdagidek harakat qilishda qiynaldim.

Albatta, hafsalamiz pir bo’ldi. Professional sportchilar g’alaba qozonish uchun kortga chiqishadi. Uchinchi setdagi harakatlarim o’zimga yoqmadi, go’yo oyoqlarim o’zimga umuman bo’ysunmayotgandek edi. Ammo qumli qoplamali kortda o’ynashni his qilishim uchun biroz vaqt kerak bo’lishini men allaqachon aytgandim. Har doim shunday bo’lgan, men mavsumning birinchi grunt turnirlarida hech qachon yuqori natijalarni ko’rsata olmaganman. Demak, hammasi joyida. 

Jamoam va men mag’lubiyat sabablarini ko’rib chiqamiz. Umid qilamanki, kelasi hafta Belgradda o’zimni yaxshi his qilaman”, – deya Jokovichning so’zlarini keltirgan ATR matbuot xizmati.

Fikr bildirish