Tennis

Fokina faoliyatida ilk bor ATP turniri finalida o’ynaydi

336

Ispaniyalik tennischi yarim final bahsida bolgariyalik Grigor Dimitrovdan ustun keldi. Bu bilan u o’z faoliyatidagi ilk ATP turniri finaliga yo’l oldi. Birinchi finalidayoq u “Masters” chempionligini qo’lga kiritishi mumkin.   

Alexandro shu kungacha ikki bor Eshtoril (2019 yil – Pablo Kuevasga, 2021 yilda Albert Ramosga yutqazgan) turniri 1/2 finaliga qadar etib kelgan edi. SHuningdek, bir marotaba Kyoln-2020 turniri yarim finalida Aleksandr Zverevga imkoniyatni boy bergan edi.

Bugun Fokina Monte-Karlo “Masters” turnirining final uchrashuvida dunyoning beshinchi raketkasi, greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi kortga chiqadi. Natijadan qatiy nazar, u ertaga elon qilinadigan ATP reytingining Top-30`taligida debyut qiladi. Agar u bosh sovrinni qo’lga kiritsa, 20-o’ringacha ko’tariladi. 

Fikr bildirish