“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Norvich”ga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan gol urdi. Portugaliyalik futbolchi APLning 33-turidan o‘rin olgan “kanareykalar”ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.
Bu Krishtianu “Manchester Yunayted”ga qaytganidan keyin jarima zarbasidan kiritilgan birinchi goli hisoblanadi. Umuman olganda, joriy mavsumda forvard 10 marta jarima zarbasidan gol urishga urunib ko‘ragan, ammo barchasi samarasiz yakunlangan.
Shuningdek, “Yuve”da Ronaldu muntazam ravishda jarima zarbalarini tepdi, biroq 3 mavsumda 71 ta urinishdan faqat 1 tasini golga aylantira oldi.