Krishtianu Ronaldu Angliya Premyer-ligasining 33-turida “Norvich Siti” ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2)dagi xet-trikidan so‘ng, taxminan 1 million yevro miqdorida bonus oladi, deb xabar bermoqda Daily Mail The Sun nashriga tayanib.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu joriy mavsumda 21 ta gol urganidan keyin “MYU” bilan shartnomasida bonus bandini faollashtirgan. Ronalduning shartnomasida 20 ta gol urgani uchun 905 000 yevro bonus va xet-trik uchun yana 120 000 yevro mavjud.
Endi Ronaldu mavsum yakuniga qadar urgan har bir qo‘shimcha goli uchun 120 000 yevro oladi, deya qo‘shimcha qilgan manba.