Futbol

Mourinyu Maradona unga qo’ng’iroq qilganini esladi

302

“Diego ajoyib do’stim edi. U ulkan qalb sohibi edi va ishlarim ko’ngildagidek bo’lmaganida u meni doimo qo’llab-quvvatlardi. U menga etishmayapti. U mag’lubiyatimdan keyin har doim menga qo’ng’iroq qilardi, ammo g’alaba qozonsam, bunday qilmasdi. 

U qiyin vaqtlarda qanchalik yordam kerakligini yaxshi bilardi. Zarur bo’lganda yoningda bo’lish juda ham muhim. U shunday damlarda menga juda oddiy iborani aytardi: “Mou, sen eng zo’r ekanligingni unutma”. Uni juda ham sog’indim…”, deya eslaydi portugaliyalik mutaxassis.

Fikr bildirish