Tennis

SHirinliklar qirolichasi Mariya SHarapova yana bir yoshga ulg’aydi

375

Mariya SHarapova 1987 yil 19 aprelda Rossiyaning Nyagan shahrida tug’ilgan va to’rt yoshida, oilasi Sochida yashagan paytidan boshlab tennis bilan shug’ullanishni boshlagan. Mariyaga birinchi raketkani Evgeniy Kafelnikov sovg’a qilgan.

Olti yoshidan SHarapova Moskvada Martina Navratilovaning mahorat darsiga qatnashadi. Dunyoning sobiq birinchi raketkasi rossiyalik tennischining otasiga qizini Floridadagi Nik Bollettieri akademiyasiga yuborishni maslahat beradi. 1995 yilda Yuriy va Mariya SHarapovlar AQSHga ko’chib ketishdi. Yoshligida tennischiga modellik biznesi bilan shug’ullanishni taklif qilishadi, ammo Mariya undan bosh tortdi, chunki u sportni tark etishni istamadi.

Rossiyalik tennischi o’zining professional faoliyatini 2001 yilda boshlagan. Turdagi chiqishlari davomida u 36 ta WTA turnirida g’olib chiqqan va shu bilan birga 38.560.323 dollar mukofot puli ishlab olgan.

SHarapova “Ulkan toj” turkumidagi beshta musobaqada g’olib bo’lgan: 2004 yilda Uimbldon, 2006 yilda US Open, 2008 yilda Australian Open va 2012 va 2014 yillarda” Rolan Garros”. SHunday qilib, SHarapova karerasida “Ulkan toj” turnirlarini barchasini zabt etdi. SHuningdek, 2012 yilda Mariya London Olimpiya o’yinlarining kumush medal sohibasi bo’ldi.

2004 yil iyun oyida 17 yoshli Mariya Uimbldon finalida amerikalik Serena Uilyams ustidan g’alaba qozondi.

SHirinliklar qirolichasi Mariya SHarapova yana bir yoshga ulg'aydi

2005 yil avgust oyida Mariya o’z karerasida ilk marta dunyoning birinchi raketkasi bo’ldi. Umuman olganda, o’z faoliyati davomida SHarapova besh marta WTA reytingida birinchi o’ringa ko’tarilib, dunyo tasnifining etakchisi maqomida jami 21 hafta o’tkazdi.

Juftlik bahslarida SHarapova uchta unvonga ega: 2003 yilda u Tamarin Tanasugarn bilan Tokio va Lyuksemburgdagi musobaqalarda g’olib chiqqan. 2004 yilda esa Mariya Kirilenko bilan birgalikda Birmingemdagi musobaqada g’alaba qozongan.

2012 yil avgust oyida SHarapova Sugarpova brendidagi shirinliklarni sotishni boshlaganini elon qildi. SHirinliklarning taqdimoti Nyu-Yorkda bo’lib o’tdi. Bugungi kunda ushbu mahsulot do’konlari Mayami, Los-Anjeles, Melburn, Moskva, SHtutgart, Uimbldon va dunyoning boshqa ko’plab shaharlarida faoliyat olib boradi.

SHirinliklar qirolichasi Mariya SHarapova yana bir yoshga ulg'aydi

2013 yil Uimbldon turniri bo’layotgan vaqtda Mariya jarohat oldi, shu sababli u mavsumning muhim qismini, shu jumladan, US Open va WTA yakuniy turnirini o’tkazib yubordi. Xuddi shu yili SHarapova Sven Gronefeld bilan hamkorlikda ishlay boshladi.

2012 yildan 2015 yilgacha bo’lgan davrda Mariya bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrov bilan uchrashib yurgan, ammo 2015 yil iyul oyida Grigor SHarapova bilan ajrashganligini tasdiqlagan.

Xuddi shu mavsumda Mariya ketma-ket o’n birinchi marta Amerikaning Forbes jurnali tomonidan dunyodagi eng ko’p maosh oladigan ayol sportchilar ro’yxatida birinchi o’rinni egalladi.

2018 yil mart oyida tennischi birinchi bo’lib britaniyalik tadbirkor Aleksandr Gilkes bilan jamoatchilik oldida ko’rinish berdi. Bu juftlik 2020 yil dekabrida o’zlarining unashtiruvini elon qilishdi.

Sportchi francuz va rus oshxonalarini afzal ko’radi, bo’sh vaqtlarida u raqsga tushishni, kinoteatrga borishni va qo’shiq kuylashni yaxshi ko’radi.

2016 yil mart oyida Mariya o’zining Australian Open musobaqasida o’tkazgan doping-testi ijobiy natija berganini elon qildi. Mariyaning qonidan taqiqlangan meldronat preparati topilgan. Natijada, Rossiya vakilasi ikki yil muddatga rasmiy o’yinlarda ishtirok etishdan chetlashtirildi, ammo keyinchalik Sport arbitraj sudi (CAS) sportchini musobaqadan chetlatish muddatini 15 oyga qisqartirishga qaror qildi. 

SHarapova 2017 yil aprel oyida kortga qaytdi. Diskvalifikaciya qilinganidan keyin uning birinchi turniri SHtutgart (Germaniya) da o’tkazilgan Porsche Tennis Gran Prix musobaqasi bo’ldi. Katta sportga qaytgandan so’ng, Mariya bitta musobaqada – Tyanczinda g’olib chiqdi. 2020 yil fevral oyida Mariya SHarapova Vanity Fair`da esse yozish orqali karerasini tugatish to’g’risida qaror qabul qilganini elon qildi.

SHirinliklar qirolichasi Mariya SHarapova yana bir yoshga ulg'aydi

Xurshida Abdikulova tayyorladi

Fikr bildirish