Boks/MMA

Amerikalik bokschi mutlaq jahon chempioni unvoni uchun hamyurtiga qarshi ringga chiqishga tayyor.

332

WBO yo’nalishiga ko’ra yarimo’rta vaznda jahon chempioni Terens Krouford hamyurti Errol Spensni Yordenis Ugasni mag’lub etgani bilan tabrikladi.

Bu natija orqali Spens WBC, IBF va WBA kamarlari sohibiga aylandi. Endilikda boks olami divizionning mutlaq chempioni unvoni uchun Spens va Kroufordning jangini kutmoqda.

“Tabriklayman, zo’r jang. Endi haqiqiy jangning vaqti keldi. Hech qanday muhokamalarga o’rin yo’q, kel jang qilaylik.

Kamarlarimni issiqroq saqla, men shu yili ularni olib kelish uchun boraman”, – deb yozgan Krouford o’z Tvitter akkauntida.

Malumot o’rnida, Errol Spens Ugasni mag’lub etiboq, Terens Kroufordni jangga chorlagan edi.

Fikr bildirish