Qarshining "Nasaf" jamoasi Dammam shahrida o’z o’yinlarini o’tkazmoqda. "Al Faysali"ga qarshi o’yindan keyin o’yinchilarga bir kun dam berilgan edi. Kecha "ajdarlar" Ro’ziqul Berdiev boshchiligida "Al Sadd"ga qarshi tayyorgarlikni boshlashdi.
Engil jarohat sabab SHahzod Akramov mashg’ulotda individual tarzda shug’ullangan bo’lsa, G’olib G’aybullaev asta-sekin umumiy guruh mashg’ulotlariga qaytdi. Mashg’ulotni murabbiylar turli qiziqarli o’yinlar bilan olib borishdi. Alo kayfiyatda o’tgan mashg’ulotdan suratlarni saytimizning maxsus bo’limi orqali tomosha qilishingiz mumkin
Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov
"Nasaf"ning Dammam shahridagi 21 aprelda o’tkazilgan mashg’ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo’limi orqali tomosha qilishingiz mumkin