Futbol

Ronaldu yangi tug‘ilgan farzandi bilan tushgan rasmini ommaga ko‘rsatdi

143

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu qizi tug‘ilgandan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy suratini joylashtirdi.

«Jorjina va qizimiz nihoyat biz bilan. Yaxshi so‘zlar uchun barchaga rahmat aytmoqchiman. Sizning yordamingiz biz uchun juda muhim. Oilamizga bo‘lgan mehr va hurmatingizni barchamiz his qildik», — deb post qoldirdi portugaliyalik futbolchi.

Avvalroq Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges yangi tug‘ilgan farzandlaridan biri vafot etganini ma’lum qilgandi.

Ronaldu yangi tug‘ilgan farzandi bilan tushgan rasmini ommaga ko‘rsatdi

Fikr bildirish