Futbol

«Manchester Yunayted» yozgi transferlarga dahshatli summa sarflaydi

259

Erik ten Xag kelganidan so‘ng, «Manchester Yunayted» o‘z tarkibini jiddiy ravishda yangilashni rejalashtirmoqda.

«Yunayted»ning olti nafar futbolchisi shartnomalarini tugatmoqda, bu esa klubga yangi o‘yinchilarni taklif qilish uchun maosh budjetining muhim qismini bo‘shatish imkonini beradi. Mirror nashri xabariga ko‘ra, klub Erik ten Xagning taktikasiga va talablariga to‘liq javob beradigan o‘yinchilarni tarkibga jalb qilish uchun 200 million funt sterling sarflashga tayyor.

«Vest Xem»dan Deklan Rays va «Tottenxem»dan Harri Keyn, shuningdek, «Benfika» hujumchisi Darvin Nunyes va «Vulverxempton» yarim himoyachisi Ruben Nevesh «Manchester Yunayted»ning yozdagi nishonlari qatoriga kirgan.

Fikr bildirish