Futbol

Mbappe haddidan oshyapti

152

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe “Real”dan avval kelishilganidan 100 million yevro ko‘proq so‘radi.

Cope xabariga ko‘ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchi madridliklardan dastlab kelishilganidan 100 million yevro ko‘proq so‘ragan. “Real Madrid” rahbarlari Mbappeni bu so‘rovini rad etishdi, bu esa “PSJ”ning yulduz futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash imkoniyatini oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Kilian Mbappe Fransiya ligasida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikr bildirish