Futbol

Nahotki! Maguayrga xaridor chiqdi

149

“Manchester Yunayted” jamoasi sardori va himoyachisi Xarri Maguayr yozda boshqa klubga o‘tishi mumkin. Bu haqida Todofichajes nashri klubga yaqin manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Nyukasl” Maguayrni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va uning uchun 40 million yevrodan kechishga tayyor.

Qayd etish joiz, 29 yoshli Angliya terma jamoasi a’zosining “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan. U joriy mavsum barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, “MYU” Maguayrni 2019 yilning yozida “Lester”dan 50 million yevro evaziga xarid qilgan edi.

Fikr bildirish