Futbol

Rangnik nega penaltni Ronaldu emas Fernandesh tepganini tushuntirdi

169

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ralf Rangnik nega jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu «Arsenal»ga qarshi (1:3) APL 34-tur uchrashuvida penalti tepishdan bosh tortganini tushuntirdi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu o‘yindan so‘ng penalti tepa olishigao‘zida kuch topa olmaganini tan olgan. Shuning uchun u Bruno Fernandeshga zarba berish imkoniyatini berdi.

O‘tgan hafta Ronaldular oilasida fojia yuz berdi. Uning yangi tug‘ilgan egizaklardan biri vafot etdi.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu «Arsenal» darvozasiga 1 ta gol urdi, golni osmonga ishora qilib nishonladi va yig‘lab yubordi.

Fikr bildirish