Jurnalist Gilyem Balage Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandning La Liga emas, balki Premyer-ligani tanlashiga ta’sir qilgan asosiy sabablardan birini aytib o‘tdi. Gap «Real Madrid»ning asosiy hujumchi hisoblangan Karim Benzema haqida ketmoqda.
«So‘nggi bir necha hafta ichida ko‘p narsa yuz berdi va bu Benzema bilan bog‘liq. Ushbu holat Xolandni qarorini o‘zgartirishga majbur qildi: «Benzema bo‘lsa, ikki-uch yildan keyin «Real» futbolchisiga aylana olaman». «Siti» unga aynan shunday shartnoma taklif qilgan, ya’ni norvegiyalik futbolchi birinchi mavsumdan «shaharliklar»ning asosiy hujumchisiga aylandi. Bu taklif nafaqat pul borasida, balki boshqa jihat bilan ham futbolchiga ma’qul kelgan: klub rahbariyati Xolandni istagan paytida boshqa klubga qo‘yib yuorishi mumkinligini aytgan.
Agar «Real»da Benzema bo‘lmaganida, Xoland «qaymoqranglilar» safiga ko‘chib o‘tgan bo‘lardi. Futbolchiga Madrid va Kataloniya klublaridan taklif bor», – deya ispaniyalik jurnalistning so‘zlarini keltiradi VVS nashri.