Futbol

Bir necha soat oldin saytimizda andijonlik futbolchi Ahror O’ktamovning legionerga aylangani haqida malum qilgan edik.

202



Bir necha soat oldin saytimizda andijonlik futbolchi Ahror O'ktamovning legionerga aylangani haqida malum qilgan edik.

Legionerga aylangan Ahror O’ktamov: “O’zimga ishonmaganimda bu erga kelmasdim. Kun kelib “Andijon” uchun ham o’ynayman”

Teglar : 
intervyuAhror O’ktamovTainan Siti
Bir necha soat oldin saytimizda andijonlik futbolchi Ahror O’ktamovning legionerga aylangani haqida malum qilgan edik.

Championat.asia muxbiri ayni paytda Xitoy Taypeyida bo’lib turgan futbolchi bilan bilan bog’landi va bir nechta savollar bilan yuzlandi. 

– "Tainan Siti" klubiga o’tishingiz qanday yuz berdi?

– Barchasi agentlar orqali hal bo’ldi. Koreyalik agentim Xitoy Taypeyi klubidan taklif borligini aytdi. Yangi chempionatda o’z imkoniyatlarimni sinab ko’rish istagi yo’q emasdi. Legioner sifatida to’p tepishning o’ziga yarasha qiyinchiliklari borligidan xabardorman. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo’ladi, deb o’ylayman. Jamoam bilan yuksak marralarni ko’zlamoqdaman. 

– "Tainan Siti" chorlovi qanchalik sirli va jumboqli bo’ldi siz uchun? Yangi klubingizni o’rganyapsizmi?

– Bu chempionat qiziq tuyuldi. Xudoga tavakkal qilib keldim. Qarorimdan afsuslanmayman, deb o’ylayman. Har tomonlama o’ylab ko’rib taklifga rozilik bildirdim. 

– Andijonlik futbolchi hisoblanasiz. Qiziq nima uchun viloyat bosh jamoasi tarkibida o’rningizni topa olmagansiz?

– 2017 yilgacha "Andijon" jamoasi o’rinbosarlari safida. Keyingi yillarda Pro ligada to’p tepdik. Superligada o’ynash imkoniyati bo’lmadi hali. Bu yil klub rahbarlari taklif qilishgandi. Lekin o’tgan yili Tojikiston chempionatining so’nggi turlarida jiddiy jarohat oldim. Bir haftaga yaqin "Andijon" jamoasining mashg’ulotlarida ishtirok etdim. Yig’inda jarohatim qaytalandi. SHu bois jamoadan ketishga qaror qildim. Kun kelib "Andijon" uchun ham o’ynayman. 

Bir necha soat oldin saytimizda andijonlik futbolchi Ahror O'ktamovning legionerga aylangani haqida malum qilgan edik.

– Taypeyliklar safida rossiyalik, braziliyalik legionerlar to’p tepadi. Raqobatni qanday engib o’tmoqchisiz?

– Bilasizmi, inson doim o’z kuchiga ishonishi kerak. O’zimga ishonganim uchun ham bu erga keldim. Raqobatdan qo’rqqanimda boshqa sohani tanlardim. 

– Klubning qaysi jihati sizni qiziqtira oldi?

– "Tainan Siti" o’ziga yarasha tarixga ega. Jamoa mamlakat chempioni, OFK kubogida ishtirok etadi. Xalqaro maydonda o’ynashini hisobga oldim. 

– SHartnomangiz qancha muddatga mo’ljallangan?

– Bunga kelsak, 6 oyga tuzdik. Mana shu vaqt ichida o’zimdan yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilaman. Klub uy, moddiy taminot bilan taminlamoqda. Pandemiya sabab hozirda 10 kunlik karantin muddatidaman. 

Bir necha soat oldin saytimizda andijonlik futbolchi Ahror O'ktamovning legionerga aylangani haqida malum qilgan edik.

– Nima uchun aynan 6 oylik shartnoma tuzdingiz?

– Buni o’zim istadim. Yangi jamoa, boshqacha muhit. Begona shahar. Moslashib olishim lozim. SHu omillar inobatga olindi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Fikr bildirish