Boks/MMA

Turkiyaning Istanbul shahrida o’tkazilgan WTA turniri rossiyalik tennischining g’alabasi bilan yakunlandi.

235

Final uchrashuvida rossiyalik tennischilar – WTA reytingida 122-pog’onadan joy olib turgan Anastasiya Potapova hamda dunyoning 29-raketkasi Veronika Kudermetova o’zaro to’qnash kelishdi. Bir soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda kutilmagan natija qayd etildi. 

Raqibasidan deyarli 100 pog’ona quyida joylashgan Potapova 6/3, 6/1 hisobida g’alaba qozonib, bosh sovrin sohibasiga aylandi. Vatandoshlarning o’zaro uchrashuvlaridagi muvozanat tiklandi – 1:1. 

TEB BNP Paribas Tennis Championship Istanbul turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok 21 yoshli Potapovaga 280 reyting ochkosi hamda 31,000 dollar mukofot puli keltirdi.

Fikr bildirish