Futbol

Krishtianu Ronaldu Angliyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda

186

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premyer-ligasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘ldi.

37 yoshli portugaliyalik futbolchi yiliga 26,4 million funt (31,42 million yevro) maosh oladi.

Ikkinchi o‘rinda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne joylashgan. Uning yillik maoshi 20,4 million funtni (taxminan 24,3 million yevro) tashkil qiladi.

Yiliga 19,2 million funt yoki 22,84 million yevro maosh oladigan “Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea kuchli uchlikni yopadi.

Reytingda to‘rtinchi o‘rinda “Manchester Yunayted” hujumchisi Jeydon Sancho – 18 million funt (21,4 million yevro). Kuchli beshlikka “Manchester Yunayted”ning yana bir futbolchisi, yiliga 15,6 million funt (18,6 million yevro) oladigan himoyachi Rafael Varan joylashdi.

Shu tariqa, Angliyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari beshligiga “Manchester Yunayted”ning to‘rt nafar futbolchisi kirdi.

Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda APLda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Fikr bildirish