Futbol

Ana bo‘lmasa! «Yuventus», «Barselona» va «Real Madrid» kelasi mavsumdan yevrokuboklarda ishtirok etolmasligi mumkin

277

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, «Yuventus», «Barselona» va «Real Madrid» UYEFA Superligasida ishtirok etish g‘oyasidan voz kechsalargina, 2023-2024 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashishlari mumkin bo‘ladi.

Bir yil avval Yevropaning 12 ta elita klubi tomonidan ochilgan, biroq 48 soat ichida parchalanib ketgan Superligada uch klub rasmmy ravishda qolishlarini bildirgan edi.

O‘tgan hafta Madriddagi xo‘jalik sudi UYEFAga qarshi qarorni bekor qildi, ya’ni Yevropa futbolining boshqaruv organi endi uchta klubni jazolashi mumkin.

Biroq, manbalarga ko‘ra, UYEFA tomonidan hozircha hech qanday chora ko‘rilmaydi. 14 iyun kuni Madrid sudida yangi majlis bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ittifoqi Adliya sudi 2023 yilgacha Superliganing qonuniyligi bo‘yicha o‘z hukmini chiqarmaydi.

Biroq 2023 yilda UYEFA Yevropa futbolining uch gigantiga 15 million yevro miqdorida jarima solish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

Agar klublar federasiya qaroriga rozi bo‘lmasa, bu ularni yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum qilishi mumkin.

Fikr bildirish