UZReport TV va Futbol TV telekanallari orqali muxlislar uchun tanish bo‘lgan sharhlovchi Bobur Akmalov bir paytlar sharhlovchi bo‘lib ishlagan, ayni paytda O‘zPFL bosh direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan Diyor Imomxo‘jayevning telegram-kanalidagi postiga javob qaytardi.
“Sharhlovchilikning oltin qoidasi qanaqa? Hamma turlicha gapiradi, chunki aniq qoidasi bo‘lmasa kerak.
Bilganim: sharhlovchi futbolni tushunishi, talaffuzi yaxshi bo‘lishi va his-hayajoni bo‘lishi kerak. Qolgani qo‘shimcha bonuslar.
Doim ko‘rganimni gapirganman. Hayotdayam, sharhdayam. Rasvoni rasvo, zo‘rni zo‘r deyishni o‘rgatishgan. U o‘zimizning rasvo va o‘zimizning zo‘r bo‘lsa, ayniqsa.
Umidi bor, umidga cho‘mgan, umidvor odamga – sharhdangina umid istayotgan odamga yolg‘on umid berolmayman. Achchiq reallikni tanqid qilibgina ertangi kunga umid uyg‘otish mumkin.
Ha, kimdir yumshoq gapiradi, suvab ketoladi, aqalli indamaydi – silliqqina. Ammo buyam uning tanlovi. O‘ta shaxsiy fikrimcha.
Qachonlardir har bir qarshi fikrga javob berar, qarshi fikr bildirar, tortishardim. Endi unaqa emas… Balki qarigandirman