Yangi mavsumdan boshlab «Manchester Yunayted»ni boshqaradigan Erik ten Xag hozirda «Sautgempton»da to‘p tepayotgan Jeyms Uord-Prouz atrofida o‘yin qurmoqchi, deb xabar beradi The Sun.
Manbaga ko‘ra, ten Xag «Manchester Yunayted» rahbariyatidan transfer oynasi paytida Uord-Prouzni sotib olishga ruxsat olgan.
Qayd etilishicha, angliyalik yarim himoyachining transferi «qizil iblislar»ga 75 million yevroga tushishi va «Manchester Siti» futbolchi uchun kurashda ularga raqib bo‘lishi mumkin.
27 yoshli Uord-Prouz joriy mavsumda «Sautgempton» safida Angliya Premyer-ligasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt xabariga ko‘ra, Jeyms Uord-Prouz 32 million yevroga baholangan.