«Barselona» bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Frenki De Yong «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligini aytdi.
«U muhim futbolchi bo‘lishi kerak. Futbolda uning xislatlariga ega futbolchilar ko‘p emas. Shaxsan men uchun bu juda muhim. Frenki ajoyib o‘yinlar o‘tkazdi, lekin shuni aytishim kerakki, uning taqdiri hali aniq emas. Ehtimol, yozda jamoadan ketishi mumkin yoki yo‘q», – deya Xavining so‘zlarini keltiradi AS.
Oldinroq gollandiyalik futbolchining transferiga «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. De Yong joriy mavsumda La Ligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.