Erik ten Xag “Manchester Yunayted” bilan ishlashga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, murabbiy bor e’tiborini “Ayaks” bilan ishlashga qaratgan, biroq dam olish kunlarida klub sport direktori Jon Murto, shuningdek, Darren Fletcher bilan muntazam muloqot qilib turadi.
Ten Xag yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar uchun yangi shartnoma qarorlarini qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi. Hozircha 52 yoshli mutaxassis Pol Pogba, Jessi Lingard, Xuan Mata va Edinson Kavanini jamoa tarkibida ortiq ko‘rmoqchi emas.
Aksincha, bu futbolchilarning ketishi “MYU”ga yangi 4-5 ta transferni amalga oshirish imkonini beradi, deb hisoblanmoqda.
Andreas Pereyra, Entoni Marsyal va Jeyms Garner ijara muddatidan keyin jamoaga qaytadi.