Ahamiyatlisi, ushbu safar uchun tashrif buyurgan jamoaga Rossiya tennis federaciyasi prezidenti SHamil Tarpishev rahbarlik qildi.
Rossiyalik yosh sportchilar 3 hafta davomida hamyurtlarimiz bilan o’zaro tajriba almashishdi. Mazkur yig’in har ikki terma jamoa vakillarining texnik va jismoniy holatlarini yanada yaxshilash yo’lida muhim ahamiyat kasb etdi. SHuningdek, sportchilar ushbu vaqt oralig’ida ITF J5 turnirida ham o’zaro kuch sinashdilar.
O’zbekiston tennis federaciyasining malum qilishicha, rossiyalik raketka ustalari Toshkent yig’inini yakunlab, kecha tongda o’z yurtlariga qaytib ketishdi.