«PSJ» rahbariyati ko‘plab futbol muxlislarining orzusini – argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronalduni bir jamoada birlashtira olmasa kerak.
Fransuz nashrlari xabariga ko‘ra, bu fikr 34 yoshli Leoga yoqmayapti. Messi parijliklarni raqobatchisi bilan shartnoma imzolagan taqdirda jamoadan ketishi bilan tahdid qilgan. Ammo qo‘shimcha qilinishicha, Krishtianuning o‘zi argentinalik bilan bir jamoada o‘ynashga qarshi emas.
Lionel 2021 yilning yozida «Barselona»dan fransuz grandi safiga qo‘shilgan edi. Uning parijliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.