Futbol

Yangi klubda hozircha bu futbolchilarning ishi yurishmayapti.

400



Yangi klubda hozircha bu futbolchilarning ishi yurishmayapti.

Mavsumning TOP-10 “eng yomon transferlari”. Ro’yxatda – Ramos, Grilish va Lukaku bor

Teglar : 
Jeydon SanchoDayot Upamekano Serxio Ramos Romelu LukakuLeon BeyliIbraima KonateEmiliano BuendiyaNikola VlashichTop-10Jorjino VeynaldumJek Grilish
Yangi klubda hozircha bu futbolchilarning ishi yurishmayapti.

Evropada mavsum asta-sekin yakuniga etib bormoqda. Bu esa malum vaziyatlar bo’yicha xulosa chiqarish imkonini beradi.

Rossiyalik jurnalist Nikolay Egorichev “Championat.Asia” uchun maxsus mavsumning 10 ta eng yomon transferlari ro’yxatini tuzdi. Ro’yxatda malum va mashhur futbolchilarni uchratasiz.

10. Ibraima Konate (“RB Leypcig” – “Liverpul”, 40 mln evro)
Konatening “Liverpul”ga o’tishida avval boshidan malum darajada tavakkal bor edi. Yosh franciyalik ikki yil davomida “Leypcig”ning 45 ta (!) o’yinini jarohat sabab o’tkazib yuborgandi. 2018/2019-yilgi mavsumdangina Konate muntazam ravishda o’ynay boshladi. Biroq, jarohatga moyilligiga qaramay, “Liverpul” franciyalik himoyachini sotib olishga qaror qildi. Ayni damda transfer summasi 40 million evro — hali milliy terma jamoada ham o’ynamagan futbolchi uchun juda ko’p.

Yangi klubda hozircha bu futbolchilarning ishi yurishmayapti.

CHempionatni alishtirishi ham Konatening adaptaciyasiga tasir qildi. U asosiy tarkib uchun kurashda tajribaliroq Joel Matipga raqobatni boy berdi va APL doirasida bor yo’g’i 8 ta o’yin o’tkazdi. CHempionlar Ligasida ham deyarli shuncha o’yin. Vaqti-vaqti bilan Konate yaxshi darajadagi o’yin namoyish qilmoqda, lekin birinchi mavsumini omadli deb bo’lmaydi. Hozircha unga sarflangan 40 million evro o’zini oqlamayapgandek.

9. Nikola Vlashich (CSKA – “Vest Xem”, 30 mln evro)
Vlashich oxirgi to’rt yilda Rossiya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri edi. Bundan tashqari u Xorvatiya terma jamoasi safida ham borgan sari ko’proq o’yin amaliyotiga ega bo’la boshladi. SHunday palla bo’ldiki, Nikola RPL darajasidan o’sib bo’lgani bilinib qoldi va o’zini kuchliroq chempionatda sinab ko’rishi kerakligi oydinlashdi. Katta qiyinchilik va janjallar bilan Vlashich CSKAdan ketdi — “Vest Xem” xorvatiyalik uchun 30 million evro.

Nikola bungacha ham Angliya (“Everton”)da o’ynagandi va APL talablariga oson ko’nikishi kerak edi. Ammo Vlashich jiddiy raqobatga duch keldi va “bolg’achilar” asosiy tarkibiga kira olmadi: xorvat hisobida 30 uchrashuv bo’lsada, ularning aksariyatida yarim himoyachi zaxiradan maydonga tushirilgan. Samarali harakatlarga keladigan bo’lsak, Vlashich bor yo’g’i 1 ta gol urdi va sheriklariga 2 ta assist etkazib berdi. Nikolaning o’zi ham “Vest Xem” ham o’yinchining birinchi mavsumi bunday bo’lishini taxmin qilishmagan bo’lsa kerak.

8. Emiliano Buendiya («Norvich» – «Aston Villa», 38 mln evro)
Argentinalik Angliyada o’tgan mavsum kashfiyotlaridan biriga aylandi. “Norvich”ning APLga qaytishida uning xizmati katta bo’ldi — CHempionshipning 39 o’yinda 15 ta gol va 17 ta golli uzatma. SHu sabab 2021 yil yozida Buendiya xizmatlari uchun kuchliroq klublar navbatga turishdi.

Emiliano oxir-oqibat “Aston Villa”ga o’tdi. Klubda u Jek Grilishning o’rnini bosa olishiga ishonishgandi. Biroq Buendiya APL darajasi CHempionshipnikidan balandroqligini to’g’ri chamalay olmagan chog’i. Argentinalik bitr qarashda butkul yo’q bo’lib qolmadi, ammo o’sishga erishmagani aniq. 30 uchrashuvda 2 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. 

7. Leon Beyli (“Bayer” – “Aston Villa”, 32 mln evro)

“Aston Villa”ning yana bir omadsiz transferi. Umuman olganda klub Jek Grilishning transferidan ishlagan (117 mln evro) pulini g’alati sarfladi. Buendiya o’zini biroz ko’rsatgan bo’lsa, Beyli butkul omadsizlikka uchradi.

Yangi klubda hozircha bu futbolchilarning ishi yurishmayapti.

Leon “Bayer” safida harakat qilgan vaqtlarda Bundesliganing eng yaxshi vingerlaridan biri edi. U “Aston Villa”da ham ana shunday muvaffaqiyatga erishishi kutilgandi. Biroq Leon asosiy tarkibda bor yo’g’i 7 ta o’yin o’tkazdi, jarohat sabab ko’p uchrashuvlarni o’tkazib yubordi va bor yo’g’i 3 ta samarali harakat qayd etdi (APLning 18 uchrashuvida 1+2). Yamaykalik uchun Angliyadagi etap ochiqchasiga omadsiz boshlandi.

6. Dayot Upamekano (“RB Leypcig” – “Bavariya”, 42 mln evro)

“RB Leypcig”ning deyarli barcha futbolchilari klubdan ketgach, boshqa jamoada o’sha darajasini ushlab qola olmaydi. Dayot Upamekano bilan ham shunga o’xshash vaziyat yuz berdi. Vaholanki, bu transfer endi amalga oshganida “Bavariya” uzoq yillar to’p tepadigan top himoyachini qo’lga kiritgandek edi.

Bir qarashda franiyalik unchalik ham yomon ko’rinmadi: 36 ta o’yinda 1 ta gol va 5 ta golli uzatma. Bunga “Bavariya” bilan qo’lga kiritilgan chempionlikni qo’shamiz —Dayot uchun faoliyatidagi birinchisi. Biroq Upamekano doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmadi va tushganida ham bazan qo’pol xatolarga yo’l qo’ydi. InStat malumotlariga ko’ra, u 13 marta golli xatoga yo’l qo’ygan! Biroz ko’proqmasmi? “Bavariya” shu o’yinchi uchun 42 million evro to’lagan.

5. Jorjino Veynaldum (“Liverpul” – “PSJ, tekin)

Gollandiyalik PSJga tekinga ko’chib o’tdi, ammo uning ham transferini omadsizlar qatoriga qo’shish mumkin. Veynaldum “Liverpul”da ajoyib o’yin ko’rsatardi va o’z nuqtasida dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylandi. Ammo Parijda futbolchining “ketmoni uchmayapti”.

Bir necha bahsdan keyin sezildiki, u jamoa o’yiniga tushib ketishi qiyin bo’lmoqda. Oqibatda futbolchi zaxira o’rindig’iga o’tirib qoldi. 35 o’yindan 20 tasini asosiy tarkibda boshlagan, 3 ta gol urib, shuncha golli uzatma etakazib bergan. “Liverpul”da u alishtirib bo’lmas futbolchi va etakchilardan biri hisoblanardi. “Mersisaydliklar”ning mavsumini ko’rib, Veynaldum Franciyaga ko’chib o’tganidan afsusda bo’lsa ajab emas.

4. Serxio Ramos (“Real” – PSJ, tekin)

Agar Ramos PSJga tekinga o’tmaganida, ro’yxatimizning birinchi pog’onasi uchun jiddiy nomzod bo’lardi. Sababi Parijda undan ko’p narsa kutishgandi — umuman olganda jamoaning barcha yangi futbolchilari kabi.

Muammolar esa Ramos yangi klubga o’tishidan avval boshlangandi. Parikjliklar jarohati bor Ramos bilan shartnoma imzolarkan, futbolchi safga qaytishiga malum vaqt talab qilinishini bilib turardi. Natijada Ramos noyabr oxirida debyut qildi — transfer rasmiylashtirilagnidan deyarli yarim yil o’tib. Ammo bir hafta o’tib, Serxio yana lazaretga “yo’l oldi”. Umumiy hisobda Ramos 11 ta o’yinda maydonga tushdi (ulardan 6 tasi asosiy tarkibda) va ikkita gol urdi. Darvoqe, ispaniyalik shartnoma bo’yicha yiliga deyarli 12 million evro maosh oladi. PSJda faqatgina Messi (52), Neymar (31) va Mbappeda (21,5) undan ko’proq.

3. Jeydon Sancho (“Borussiya” D – “Manchester Yunayted”, 85 mln evro)

“RB Leypcig”ning futbolchilari boshqa jamoada o’z o’rnini topishda qiyinchiliklarga duch kelishi haqida aytib o’tdik. Dortmundning “Borussiya”sidagilarning bazilari bilan ham shunday hol yuz beradi. Bunga yorqin misol sifatida — Usmon Dembele, Genrix Mxitaryan va Sindzi Kagavani keltirish mumkin. Bu ro’yxatning yangi azosi — Jeydon Sancho.

Yangi klubda hozircha bu futbolchilarning ishi yurishmayapti.

Sancho Bundesligada Erling Xoland paydo bo’lgunga qadar, chempionatnnig eng yorqin vakillaridan edi. Keyinroq ushbu ikki futbolchi ajoyib duftlik hosil qildi va “Borussiya” raqiblariga xavf sola boshladi. Biroq o’tgan mavsum Jeydon jarohat oldi va safga qaytganida o’z darajasida o’ynay olmadi.

APL top-klublari uzoq vaqt Sancho xizmatlariga qiziqib yurishdi. Bu poygani MYU yutdi. Klub Jeydon uchun 85 mln evro puldan voz kechdi. Bunday summani Sancho hozircha har holda o’z o’yini bilan oqlagani yo’q: 38 o’yinda u 5 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Lekin Jeydon endigina 22 yoshda va o’zini ko’rsatish uchun vaqti etarli.

2. Jek Grilish (“Aston Villa” – “Manchester Siti”, 117 mln evro)

Ro’yxatda bungacha ham “Aston Villa” klubi nomi tilga olingandi — Grilishning transferidan ishlagan pullarini maqsadsiz sarflagan klub sifatida. Jekning o’zi ham yangi jamoasida katta natijalarga erisha olmayapti.

Angliyaning ushbu avlodidagi eng yorqin futbolchilardan biri hali “Manchester Siti”ga moslashib ulgurmadi. “SHaharliklar” safiga o’tganidan keyin Grilishning transfer narxi 100 dan 80 million evrogacha (Transfermarkt malumotlari) tushib ketdi. Jek aksariyat bahslarni asosiy tarkibda boshlamoqda, lekin kutilgan natijani ko’rsata olmayapti —35 bahsda 5 ta gol va 3 ta assist. “SHayxlar” Grilish uchun bergan dahshatli 117 million evro katta xatoga o’xshab qolmoqda.

1. Romelu Lukaku (“Inter” – “CHelsi”, 113 mln evro)

Lukakuning “CHelsi”ga o’tishi— mavsumning eng omadsiz transferi. Bu erda barchasi aniq va etirozga o’rin yo’q. Romeluning “aristokrat”lar safiga qaytishidan barcha-barcha ko’prog’ini kutgandi.

O’tgan yili belgiyalik zo’r sport formasiga kirib olgandi: “Inter” safida 44 o’yinda 30 ta gol va 10 ta golli uzatma. SHuningdek, Lukaku terma safida ham yaxshi o’yinlar o’tkazdi. U jahonnig eng yaxshi hujumchilari — Levandovski, Benzema va Mbappe bilan bir qatoga qo’yila boshlandi. Biroq “CHelsi”da uni kapital omadsizlik kutib turardi.

Yangi klubda hozircha bu futbolchilarning ishi yurishmayapti.

Lukaku dastlabki 4 o’yinda 4 ta gol urdi, ammo keyin juda uzoq davom etgan “quruq seriya” guvohi bo’ldik. Yaqinda futbolchi sobiq jamoasi “Inter”dagi damlarni qumsayotgani malum bo’ldi. Belgiyalik intervyularidan birida buni ochiqchasiga aytdi. O’z navbatida bu Romeluning manziliga “CHelsi”ga befarq bo’lmagan inglizlar tomonidan ko’plab noroziliklar, xeytlar yo’llanishiga sabab bo’ldi.

“Lukaku nafaqat jismonan balki ruhan ham charchadi”, — tan oldi fevral oyida jamoa ustozi Tomas Tuxel. Keyinroq Romelu OAV orqali sobiq jamoadoshi Lautaro Martinesga murojaat qildi: “Og’ayni, “Inter”dan ketma. Men yaqinda qaytaman”.

APL va CHempionlar Ligasida belgiyalik bu mavsum 29 uchrashuv o’tkazdi, 17 tasida asosiy tarkibda maydonga tushgandi. SHunga qaramay, u bor yo’g’i 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshira oldi. “CHelsi” uchun eng yomon tomoni Lukaku uchun sarflangan 113 million evroni endi hech qanaqasiga chiqarib olishning iloji yo’qdek.

Nikolay Egorichev "shampionat.asia" uchun maxsus

Fikr bildirish