— "Lokomotiv" safardagi ilk g’alabasini qo’lga kiritdi.
— Jerom Etame Superlagadagi debyut golini urdi. Kamerunlik futbolchi "temiryo’lchilar" tarkibiga yil avvalida "Yangier"dan kelib qo’shilgandi.
— "Neftchi"ning "uy" o’yinlariga kelgan muxlislar soni 1-marta 1000 nafarga etmadi.
— Farg’ona klubi darvozasi 11-marta ishg’ol qilindi. Bu Superligadagi eng yomon natija ("Bunyodkor" bilan birga).
— "Neftchi" "Lokomotiv"ni 2010 yildan beri enga olmayapti (15 o’yin).
— SHavkat Nasibullaev 18 oydan keyin yana "Neftchi" ishtirokidagi o’yinni boshqardi. U so’nggi bor Pro liga-2020'da "Turon" va "Neftchi" jamoalari ishtirokidagi bahsda ishlagan. Uchrashuv yakuniga etganidan keyin fag’onaliklar hujumchisi Jamshid To’raqulov hakamga kung-fu uslubida zarba bergan edi.
O’zbek futboliga bag’ishlangan "Futbol analizi" blogiga azo bo’ling.