Futbol

Kuni kecha Superliganing 6-turidan o’rin olgan o’yinlar yakunlandi.

291



Kuni kecha Superliganing 6-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Superliga. 6-tur laureatlari

Teglar : 
Tur laureatlariCoca Cola Superliga
Kuni kecha Superliganing 6-turidan o’rin olgan o’yinlar yakunlandi.

Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.

AGMK klubi bu turda Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo’ldi va 0:0 hisobida durang o’ynadi. Olmaliqliklar posboni shu kuni yaxshi o’ynadi va raqiblarning bir qator zarbalarini qaytarishga erishdi va jamoasi chempion maydonidan durang bilan qaytishiga katta hissa qo’shdi. AGMK posboni Botirali Ergashev championat.asia sayti talqiniga ko’ra 6-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

"Olimpik" bu tur Toshkent derbisida "Bunyodkor"ni sharmandali hisobda tor-mor etdi – 5:1. "Olimpik" uchun bu g’alaba Superligadagi birinchi g’alaba bo’ldi. SHogirdlari chiroyli o’yin va gollar shousini taqdim etib bergani bois Championat.asia sayti talqiniga ko’ra, 6-turning eng yaxshi murabbiyi Timur Kapadze bo’ldi.

Bu turda "So’g’diyona" yarim himoyachisi, 38 yoshli Jasur Hasanov "Metallurg" bilan bahsda ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.  GOLNI TOMOSHA QILISH

"Olimpik" hujumchisi Ruslanbek Jiyanov "Bunyodkor"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va bitta gol urilishiga katta yordam berdi. SHu tariqa, Ruslanbek Jiyanov championat.asia talqiniga ko’ra 6-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Kuni kecha Superliganing 6-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Fikr bildirish