Futbol

Hatto Gvardiola ham ko‘ndira olmadi

289

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarimhimoyachi Fernandinyoni «shaharliklar» bilan shartnomasini uzaytirishga ko‘ndira olmadi, deya xabar beradi Fabrisio Romano.

Manba bergan xabarga ko‘ra, murabbiyning ko‘ndirishiga qaramay, 37 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum yakunida vataniga qaytishga qaror qilgan.

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong «Manchester Siti»da Fernandinyo o‘rnini egallashi mumkinligi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Himoyachi 2013 yildan beri ingliz klubini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi «shaharliklar» safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fernandinyoning «Manchester Siti» bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.

Fikr bildirish