“Manchester Yunayted”ning ikki futbolchisi jamoasi mashg‘ulotlaridan birida mushtlashib qoldi.
The Sun xabariga ko‘ra, “qizil iblislar”ning nomi oshkor etilmagan ikki futbolchisi mashg‘ulot vaqtida bir-biriga musht bilan hujum qilgan.
Futbolchilar o‘yinchilarni ajratishgan, shundan so‘ng mashg‘ulotlar muddatidan oldin yakunlandi va barcha futbolchilar kiyim almashtirish xonasiga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Ralf Rangnik qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” Angliya chempionati turnir jadvalida atigi oltinchi pog‘onani band etib turibdi.