Futbol

Saloh va van Deykning jarohatlari jiddiymi? Klopp javob berdi

214

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Muhammad Saloh va himoyachi Virjil van Deykning jarohatlari haqida fikr bildirdi.

Mersisaydliklar futbolchilari Angliya kubogi finalida “Chelsi”ga qarshi o‘yinda (0:0, 6:5 penaltilarda) jarohat olishdi.

“O‘yindan keyin Muhammad va Virjil bilan gaplashdim. Har ikkisi ham juda yaxshi. Biz bilamizki, jarohat jiddiy emas.

Ammo keyingi o‘yin seshanba kuni bo‘lib o‘tishini hisobga olsak, bu juda tez. Ammo menimcha, ular yaxshi. Ammo, ehtimol, ertangi mashg‘ulotda ular o‘zlarini yaxshi his qilishlarini aytishar, ko‘ramiz”, – dedi Klopp.

Fikr bildirish