Tennis

Rimdagi WTA 1000 turnirida g’oliba aniqlandi

350

Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek bosh sovrin sohibasiga aylandi. Polshalik tennischi final uchrashuvida dunyoning ettinchi raketkasi, tunisoik Ons Jaberni 6/2, 6/2 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. 

Sakson uch daqiqa davom etgan bahsda Iga 1 ta, Ons esa 3 ta eys zarbasini ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida hisob muvozanati tiklandi – 2:2.

Internazionali BNL d’Italia turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Svyontekka 900 reyting ochkosi hamda 332,260 evro mukofot puli keltirdi. Jaber esa 585 ball va €195,813 ishlab oldi.

Fikr bildirish