Bu haqda Svitolina o’zining Instagram sahifasida xabar berdi.
“CHin yurakdan, to’la muhabbat va baxtga to’lgan holda oktyabr oyida qizalog’imiz dunyoga kelishini kutayotganimizni elon qilmoqchiman”, – deya surat ostida izoh qoldirgan Elina.
Malumot uchun, Svitolina va Monfisning to’yi 2021 yilning yozida bo’lib o’tgan edi. Bir muddat avval ukrainalik tennischi bu yilgi turnirlarda ishtirok eta olmasligini malum qilgandi.