Italiya olimpiya qo‘mitasining sobiq rasmiysi Franko Chimenti Italiya terma jamoasida Qatarga borish imkoniyati borligini aytdi.
“Jahon chempionatida Italiyani ko‘rish imkoniyati hali ham bor va bu odamlar o‘ylagandan ham aniqroq” – dedi u GR Parlamento bilan suhbatda.
Avvalroq, FIFA Ekvador terma jamoasini futbolchilaridan biriga nisbatan hujjatlarni soxtalashtirgani uchun diskvalifikaciya qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
«Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Ekvadorni boshqa jamoa bilan almashtirish kerak va FIFA qoidalariga ko‘ra, bu FIFA reytingidagi eng yuqori jamoa bo‘ladi. Ayni paytda bu Italiya”, – dedi rasmiy.
Italiya terma jamoasi yarim final pley-offida Shimoliy Makedoniya termasiga imkoniyatni boy bergandi.