Boks/MMA

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov jamoasidagi afsonaviy do’sti Daniel Kormening fikriga munosabat bildirdi.

218

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni hisoblangan Korme agar CHarlz Oliveyra chempionlik jangida Islam Maxachevni mag’lub etib qo’ysa, Xabib oktanonga qaytishi mumkinligi haqida gapirgan edi.

“Di Si har doim turli o’yinlarni boshlagan va hozir ham shunday qilyapti. Albatta, vaziyatga real qarasak, bu muxlislar uchun ajoyib yangilik bo’lar edi. Aqlbovar qilmas drama, lekin men Islamni kimdir yutib qo’ysa, o’sha paytdagi emocional holatim qanday bo’lishini tasavvur ham qila olmayman”, – dedi Xabib. 

“Men Islam bilan bolalikdan otamning qo’l ostida chamasi 20 yil mashg’ulot o’tkazdik. Keyin birgalikda havaskor faoliyatimiz boshlandi. Navbati bilan professionalga o’tdik. SHu o’tgan 20 yil davomida biz greppling, sambo va aralash yakkakurash bo’yicha doimiy tarzda raqobatlashib keldik. Islamni mag’lub etishga chog’langan 300 nafardan ziyod sportchini ko’rdim. Urinishlarning bari chippakka chiqqan. SHu boisdan ham, agar CHarlz  Islamni mag’lub etsa, biz uning mahoratiga tan beramiz. Albatta, bu holat ro’y bersa, men o’zimni yomon his qilaman. Ammo, Kormening bu gaplari Xabib shunday holatda oktagonga qaytishiga xizmat qilmaydi”.

SHuningdek, Xabib Nurmagomedov Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o’rtasidagi ehtimoliy jangning Abu-Dabi yoki Rio-de-Janeyroda o’tkazilish variantiga ham to’xtatlib o’tdi. 

“CHarlz va Islam zrtasida vakant qolgan chempionlik kamari uchun jang o’tkazilsa, adolatdan bo’lar edi. Ochig’ini aytaman, agar jang manzilini belgilashni menga qo’yib berishsa, Braziliyani tanlagan bo’lar edim. Islam CHarlz Oliveyrani uning vatanida mag’lubiyatga uchratishini xohlayman. CHempionning vataniga borib, kamar bilan ortga qaytish bu so’z bilan tasvirlab berilmaydigan hissiyotlarni taqdim etadi. Bu jang haqida yaqin 50 yil davomida gapirishadi, muhokama qilishadi. Ishonchim komil, bu Islamga ham yoqadi”. 

“Keyin UFC dekabr oyida Braziliyada katta shou o’tkazmoqchi ekanini eshitdim. Bu bizga ham maqul keladi. CHarlz Oliveyraning murabbiyi “Braziliyaga kelinglar”, deganmidi. Bu borada bizda muammo yo’q. Islam Braziliyaga boradi va CHarlzdan o’ziga tegishli bo’lgan narsani olib, uyga qaytadi”, – deya so’zlariga yakun yasadi Nurmagomedov.

Fikr bildirish