Hisob-kitob vaqti: A Seriya 38-tur prevyusi
Teglar :
Prevyu ItaliyaSergey Rumyancev A SeriyaItaliya A Seriyasi
Bugun Italiya chempionatining oxirgi tur uchrashuvlariga start beriladi.
"Torino" – "Roma"
"Buqalar"ning holati unchalik ham yaxshi emas. Jarohat tufayli jamoa sardori Belotti o’yinni o’tkazib yuboradi. SHuningdek, Fares va Sanarabiya ham maydonga tushmaydi. Hujumda Praet va Brekalo o’ynashi kutilmoqda. "Roma" 5-pog’ona uchun kurashda sustlik qildi, lekin klub hech bo’lmasa 6-o’rinni saqlab qolishi kerak. Genrix Mxitaryan hamon jamoasiga yordam berolmaydi, ammo qolganlar safda shay turishibdi.
"Roma" o’tgan o’zaro bahsda 1:0 hisobida g’olib bo’lgan. Bu gal ham bukmekerlar "jalorossi" imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda. Agar "Torino" intililayotgan narsasi yo’qligini hisobga olsak, bu fikr mantiqan to’g’ri. Fikrimizcha, "Roma" hujumkor o’yin namoyish etadi va g’alabaga erishadi.
Torino
|
Serie A . 38-tur 20/05/2022, 23:45 – – Boshlanmadi |
Roma
|
Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino
Bosh hakam: Massimiliano Irrati
"Lacio" – "Verona"
"Burgutlar" safida jarohatlangan CHiro Immobile maydonga tushishi eng katta intriga bo’lib turibdi, katta ehtimol bilan o’ynashi mumkin. Agar u o’ynamasa, uning o’rniga Pedro-Felipe Anderson-Cakani uchligi tushadi. "Lacio"da boshqa kutilmagan sovg’alarni kutmasak ham bo’laveradi. Barak "Verona"ga yordam berolmaydi, bu esa to’p Simeone va Kaprariga etkazib berilishida muammo bo’lishi mumkin. Kaprari aynan uning o’rnida, hujumda esa Lazanya harakatlanish ehtimoli bor.
Birinchi davra uchrashuvida "Verona" "Lacio"ni yirik hisobda mag’lub etgan (4:1), Jovanni Simeone poker qayd etgan. Bu safar "Lacio" favorit, jamoa 5-o’rinni berib qo’ymaslik uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. Qolaversa, "Verona" ham mavsumning ikkinchi yarmida unchalik yaxshi o’yin ko’rsatmayapti.
Lazio
|
Serie A . 38-tur 21/05/2022, 23:45 – – Boshlanmadi |
Hellas Verona
|
Stadion: Stadio Olimpico, Rome
Bosh hakam: Andrea Colombo
"Fiorentina" – "Yuventus"
"Fiorentina" jangovar tarkib bilan ushbu o’yinga etib keldi. Kastrovilli o’yinni o’tkazib yuboradi, Pentek esa maydonga tushishi so’roq ostida turibdi. Biroq quvonarlisi, Niklas Gonsales yordamga shay turibdi. "Yuventus" haqida gapiradigan bo’lsak, intrigalar juda ko’p. O’tgan bahsda klubi bilan xayrlashgan Kellini va Dibala o’ynashi unchalik ham tushunarli emas. SHuningdek, mavsumning birinchi yarmini "fialkalar" safida o’tkazgan Vlaxovich uchrashuvda ishtirok etishi aniqmas.
Oxirgi, Italiya Kubogi doirasidagi o’yinda "Yuve" ishonchli tarzda g’olib bo’lgan (2:0), 1-davrada ham "keksa sinora" kuchliroq chiqqan. Ammo bukmekerlar ayni damda "fialkalar"ni yaqqol favorit deb hisoblashmoqda. Sababi, "Fiorentina"ga g’alaba muhimroq, ammo "Yuventus"ning ham imkoniyatlari yomon emas.
Fiorentina
|
Serie A . 38-tur 21/05/2022, 23:45 – – Boshlanmadi |
Juventus
|
Stadion: Artemio Franchi, Firenze
Bosh hakam: Daniele Chiffi
"Inter" – "Sampdoriya"
"Inter" hamon skudetto uchun kurashmoqda, lekin hammasi faqat "neradzurri"ga bog’liq emas. Tarkib bilan bog’liq muammolar yo’q, barcha etakchilar to’liq safda, faqatgina Darmianning o’rniga Dyumfris tushishi mumkin. Jadval holatiga ko’ra, "Sampdoriya" aniq elitada qoladi. SHunday ekan, Jampaolo shogirdlari bemalol harakat qilishlari mumkin. Kvayarella bahsni o’tkazib yuborish ehtimoli bor.
Jamoalar oxirgi marta uchrashganlarida durang qayd etilgan (2:2). Ammo bu gal "Inter" ustunroq va ancha yaxshi formada. Ushbu o’yinda "Sampdoriya"ga oson bo’lmasligi aniq.
Inter
|
Serie A . 38-tur 22/05/2022, 21:00 – – Boshlanmadi |
Sampdoria
|
Stadion: Giuseppe Meazza
Bosh hakam: Marco Di Bello
"Sassuolo" – "Milan"
Dionizi ixtiyorida barcha futbolchilari bor, hammasi yaxshi formada. Klubga hech qanday bosim o’tkazilmayapti, shunday ekan, jamoa bemalol hujumkor o’yin ko’rsatishi mumkin. Hujum guruhi to’liq asosiy tarkibda maydonga tushadi va etakchiga muammo yaratishga urinib ko’radi. "Milan" esa ajoyib formada va ko’tarinki kayfiyatda hal qiluvchi o’yinga etib keldi. Hamma etakchilar safda va bosim o’tkazish uchun tayyor turishibdi.
"Sassuolo" birinchi davra bahsida 3:1 hisobida "Milan"ni mag’lub etgan. Biroq bukmekerlar so’zsiz "rossoneri"ni favorit sanab, "neroverdi"ga deyarli imkon qoldirishmayapti. Ammo bizning fikrimizcha, hammasi bunchalik oson emasdek. CHunki "Sassuolo"ning hujumda o’yini o’xshasa, u har qanday raqib uchun xavfli bo’lib qoladi.
Sassuolo
|
Serie A . 38-tur 22/05/2022, 21:00 – – Boshlanmadi |
AC Milan
|
Stadion: Stadio Mapei – Citta del Tricolore
Bosh hakam: Daniele Doveri
Sergey Rumyancev