Futbol

1 iyun kuni O’zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bahslari start oladi.

25



1 iyun kuni O'zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bahslari start oladi.

O’zbekiston U-23. Kapadze kimlarni chaqirdi va kimlarni chaqirmadi? Kimlar Osiyo chempionatida qatnashmaydi?

Teglar : 
U-23 Osiyo chempionatiTimur Kapadze
1 iyun kuni O’zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bahslari start oladi.

Kecha O’zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ushbu musobaqadan oldingi yig’inga chaqirilgan 30 nafar futbolchi nomini elon qildi.

Kengaytirilgan ro’yxat:
Darvozabonlar –
Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Vladimir Nazarov ("Olimpik"), SHukron Yuldashev ("Olimpik"), Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik")

Himoyachilar – Abubakr Rizo Turdaliev ("Olimpik"), Dostonbek Tursunov ("Olimpik"), Muhammadqodir Hamraliev ("Olimpik"), Eldorbek Begimov ("Olimpik"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Sunnatulloh Hamidjonov ("Olimpik"), SHahzod Toirov ("Olimpik"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Odilbek Abdumajidov ("Ordabasi", Qozog’iston), Ibrohimhalil Yo’ldoshev ("Nijniy Novgorod", Rossiya), Abubakir Ashurov ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar – Abbosbek Fayzullaev ("Paxtakor"), Abdurauf Bo’riev ("Olimpik"), Davron Anvarov ("Olimpik"), Jasurbek Jaloliddinov ("Qayrat", Qozog’iston), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Farruxbek Muxtorov ("Olimpik"), Ibrohim Ibragimov ("Metallurg")

Hujumchilar – Alisher Odilov ("Olimpik"), Otabek Jo’raqo’ziev ("Olimpik"), Ulug’bek Hoshimov ("Neftchi"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Husayn Norchaev ("Nasaf"), Ruslanbek Jiyanov ("Olimpik"), Temur Mamasidiqov ("Olimpik"), Muhammadali G’iyosov ("Olimpik")

1 iyun kuni O'zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bahslari start oladi.

Abduvohid Nematov, IbrohimHalil Yo’ldoshev, Jasur Jaloliddinov, Hojimat Erkinov, Husayn Norchaev kabi futbolchilar allaqachon milliy terma jamoada o’ynash tajribasiga ega bo’lishgan.

2003 yilda tug’ilgan Abubakir Ashurov va Abbos Fayzullaev ro’yxatdagi eng yosh futbolchilar hisoblanadi.

Kengaytirilgan ro’yxatdan terma jamoa bazasi hisoblangan "Olimpik" klubidan 18 nafar futbolchi joy oldi. "Paxtakor"dan 4, "Nasaf"dan 3, "Metallurg" va "Neftchi"dan 1 nafardan futbolchi yig’inga jalb etildi. Ro’yxatdagi uch futbolchi ayni paytda xorij klubida o’ynamoqda: Yo’ldoshev "Nijniy Novgorod", Jaloliddinov "Qayrat" va Abdumajidov "Ordabasi".

Ayni paytda o’z klubida ozmi-ko’pmi o’ynayotgan, jarohati yo’q bo’lgan quyidagi futbolchilar kengaytirilgan ro’yxatdan quyidagi futbolchilar joy olishmadi: Umarali Rahmonaliev ("Bunyodkor"), Nurmuhammad Toshpo’latov ("Lokomotiv"), Murodjon Rahmatov ("Nasaf"), Bektemir Abdumannonov ("Olimpik"), Abduqodir Husanov ("Energetik-BGU", Belarus), Igor CHikrizov, SHahzod Akramov ("Nasaf").

Osiyo chempionati uchun har bir jamoa 23 nafar futbolchini ro’yxatdan o’tkazadi. Yani kengaytirilgan ro’yxatdagi 7 futbolchi Osiyo chempionatida ishtirok eta olmaydi. Bizning taxminimizga ko’ra, SHukron Yuldashev, Abubakir Ashurov, Sunnatilloh Hamidjonov, Muhammadali G’iyosov va yana uch futbolchi yakuniy ro’yxatga kirmasa kerak. Yani Timur Kapadzeni oldinda yoqimli bosh og’riq kutib turibdi.

1 iyun kuni O'zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bahslari start oladi.

1 iyun kuni O'zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bahslari start oladi.
			Muallif : Narzulla Saydullayev

Fikr bildirish