Futbol

Dushanbedagi CAFA U-16 Championship-2022 turniridan qaytib kelgan O’zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev turnirdagi taassurotlari bilan o’rtoqlashdi.

289



Dushanbedagi CAFA U-16 Championship-2022 turniridan qaytib kelgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev turnirdagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

O’zbekiston U-16 bosh murabbiyi turnirdagi ishtiroki, Eronning Tojikistonga urgan 7 goli hamda ularga muxlislik qilgan mezbon tomoshabinlar haqida gapirdi

Teglar : 
O’zbekiston U-16 terma jamoasiJamoliddin Rahmatullaev
Dushanbedagi CAFA U-16 Championship-2022 turniridan qaytib kelgan O’zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev turnirdagi taassurotlari bilan o’rtoqlashdi.

Eslatib o’tamiz, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati ishtirok etgan musobaqada O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi 3 g’alaba, 1 durang qayd etgan holda, 10 ochko bilan 2-o’rinni egalladi. Musobaqa g’olibi Eron jamoasi faqatgina to’plar nisbatiga ko’ra o’zbekistonliklarni ortda qoldirdi.

Turnir haqida

– Oldimizdan turgan asosiy maqsad oktyabr oyida o’tkaziladigan Osiyo chempionatiga saralash bahslari hisoblanadi. Bosh murabbiy sifatida ilk rasmiy turnirda ishtirok etdim. O’z oldimizga bir qator maqsadlar qo’ygandik – jamoada do’stona muhitni shakllantirish, o’yin uslubimizni tashkil etish hamda chempionlik. Sababi, bu jarayon yigitlarda o’ziga bo’lgan ishonchni orttirardi. Dastlabki rejamiz amalga oshdi. Biz nafaqat yaxshi jamoa, balki yaxshi oila tuza oldik. Hali maksimal darajaga chiqmagan bo’lsak-da, o’zimiz xohlagan uslubni shakllantira oldik. Bu turnir bizga shuni ko’rsatdiki, har qanday vaziyatni o’zimiz hal qilishimiz lozim. Kamchiliklarimiz ham bor, ular ustida murabiylar bilan birgalikda ishlaymiz. Eng muhimi, biz to’g’ri yo’ldamiz, buni o’z o’yinlarimiz orqali ko’rsata oldik. 

– Terma jamoa musobaqa davomida yaxshi taassurot qoldirdi. CHempionlikka bir qadam qolgandi. Musobaqaning so’nggi Tojikiston – Eron bahsini kuzatgan bo’lsangiz, eronliklarning 7 ta goli ko’pchilikda shubhali taassurot qoldirdi.

– Bu borada nimadir deya olmayman. O’yinni stadiondan kuzatib bordik. Biz maydonga chiqib o’z ishimizni bajardik. Agar Eronni ham mag’lub etganimizda, bu savollarga o’rin qolmasdi. Mayli, hammasi yaxshilikka. Buyog’iga yanada ko’proq mehnat qilishimiz darkor.

Dushanbedagi CAFA U-16 Championship-2022 turniridan qaytib kelgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev turnirdagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

– Kechagi o’yinda tojikistonlik muxlislar ham o’z jamoasidan norozi bo’lib, "O’zbekiston!" deya hayqirishgan.

– Buni kechagi vaziyatga bog’lamagan bo’lardim. Har bir o’yinimizni tomoshabinlar kuzatib borishdi. Bu holat har bir o’yindan so’ng yuz berdi. Oxirgi uchrashuvda muxlislar o’z shijoatini to’liq ko’rsatgan holda chiroyli xayrlashdi. 

– Jamoaning kelgusida rejalari haqida gapirsangiz.

– Endilikda xalqaro o’yinlarni ko’paytirishni maqsad qilganmiz. Deyarli har oyda safar o’yinlari o’tkazishni rejalashtirganmiz. Oktyabrgacha maksimal tayyorgarlik ko’rishga harakat qilamiz.

Fikr bildirish