Tennis

Gonet Geneva Open turniri bosh sovrini kimga nasib etadi?

26

Musobaqaning yarim finalida dunyoning 75-raketkasi bo’lib turgan franciyalik Rishar Gaske reytingda o’zidan 4 pog’ona pastda borayotgan portugaliyalik Joao Sousaga yutqazib qo’ydi – 2/6, 2/6.

Etmish etti daqiqa davom etgan uchrashuvda Rishar 2 ta, Joao esa 4 ta eys zarbasini ijro etgan. Bu tennischilarning o’zaro ilk uchrashuvi edi. Bugun Sousa Gonet Geneva Open bosh sovrini uchun norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish